Bosib chiqarish

Milliy mobil aloqa operatori UZMOBILE “Yoshlar ittifoqi”ni birlashtirmoqda

21 Sеntabr 2017 yil

ICTWeek Uzbekistan 2017 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida, UZMOBILE milliy mobil aloqa operatori va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida «Yoshlar» yangi tarif rejasi joriy qilinganligi e’lon qilindi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, ulardan foydalanishni kengaytirish yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridandir.

UZMOBILE milliy mobil aloqa operatori ham telekommunikatsiya tarmog‘ini takomillashtirish va modernizatsiya qilish, aholi punktlarida simsiz aloqa va internet xizmatlari qamrovini kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Jumladan, mobil aloqa qamrovini yanada kengaytirish maqsadida UZMOBILE milliy mobil aloqa operatori tomonidan mamalakatimiz yoshlari uchun alohida tariflar yaratilib, ID kartalari orqali platformalar joriy qilindi.

Endi mazkur maxsus tarif rejasi evaziga minglab O‘zbekiston yoshlari bir tarmoqqa birlashish imkoniga ega bo‘ldilar.

Ushbu hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida yuritimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga keng imkoniyatlarni yaratadi.