Bosib chiqarish

«O‘zbektelekom» AK ICTExpo 2017da. Ikkinchi kun: UZMOBILE Promoroboti, tanlovlar, viktorinalar, sovrinlar, fokuslar! Davomi bor…

22 Sеntabr 2017 yil

Ko‘rgazmaning ikkinchi kuni «O‘zbektelekom» AK tashrif buyurganlarni o‘z stendi bilan quvontirishda davom etmoqda, unda «O‘zbektelekom» AKning deyarli barcha innovatsion xizmatlari namoyish etilgan, shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun turli tanlovlar, viktorina, fototanlov, interaktiv oyinlar va hattoki, UZMOBILE dan fokuslar tashkil etilgan.

Ко‘rgazma ochilishi bilanoq ko‘plab tashrifchilar stendimizga tashrif buyurib, hamkorlik rejalarini muhokama qilish, tarif rejalari bilan tanishish, tarmoqqa ulanish, «aqlli uy» nima ekanini bilib olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, xushmuomala va quvnoq UZMOBILE promoroboti bilan suhbatlashish va albatta, ko‘psonli hamda qiziqarli viktorina, tanlov va aksiyalarda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldilar.

Biroq bu ham hali hammasi emas. Kunduzi O‘zbekiston tarixida birinchi robot-texnikasi bo‘yicha Central Asia Robot Challenge (CARC) Markaziy Osiyo musobaqalarining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. O‘nlab bolalar UZMOBILE Milliy mobil aloqa operatoridan sovrin uchun musobaqalashish uchun o‘z «robotchalarini» namoyish etdilar.

Bugun stendimizga tashrif buyurmaganlarga ertaga ICTEXPO 2017 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasining oxirgi kuni bo‘lib o‘tadi.

ICTExpo2017da stendimizga taklif etamiz! Barchasi juda intellektual, innovatsion va qiziqarli bo‘ladi!!!