Bosib chiqarish

Qanday qilib ulanish

Ulanishda zarur bo‘ladigan hujjatlar:

Jismoniy shaxslar uchun — pasport

Yuridik shaxslar uchun — maktub-buyurtma, rahbar pasporti nusxasi

Tarmoqqa ulanish tartibi

1. Ommaviy oferta shartlari asosida shartnoma tuzish.

2. Oldindan haq to‘lashga hisob (e’lon) ko‘chirmasi.

3. Kompaniya tomonidan RUIM taqdim etilishi va dasturlashtirilishi — kartochkani yoki telefonning (radioblok) o‘zini

Telefonni ulash uchun bo‘lajak qo‘ng‘iroqlar uchun oldindan haq to‘lash minimal miqdorini to‘lash kerak.

Qo‘shimcha xizmatlarni ulash hollarida kompaniya tariflariga muvofiq qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Shartnoma imzolanganidan va oldindan haq to‘langanidan so‘ng RUIM-karta beriladi yoki telefon (radioblok) dasturlashtiriladi.

Ulanish — Bepul

Dasturlashtirish — Bepul

Bo‘lajak qo‘ng‘iroqlar uchun minimal avvaldan haq to‘lash — 2 AQSH dollari.