Bosib chiqarish

Savollar va javoblar

  • GSM tarmog‘i ishga tushirilishi bilan birgalikda CDMA tarmog‘i ham rivojlantiriladimi?

    Ha. «O‘zbektelekom» AK UZMOBILE filiali CDMA-450 EV-DO tarmog‘ini rivojlantirishni davom ettiradi. Shu bilan birga, UZMOBILE GSM standarti tarmog‘ining qurilishi faol olib boriladi.

  • UZMOBILE GSM tarmog’i qoplami viloyatlarda qachon amalga oshiriladi?

    2016-2017 yillarda butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab 2G/3G va 4G texnologiyasi joriy etilgan UZMOBILE GSM tarmog‘ini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Shu bilan bir vaqtda, UZMOBILEdan CDMA-450 EV-DO tarmog‘ini rivojlantirish davom etadi.

  • Nima uchun UZMOBILE Milliy operator deb ataladi?

    2014-yil 12-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2126 sonli “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. UZMOBILE filiali O‘zbekiston mobil aloqasi milliy operatoriga aylandi, unga mobil aloqa bozorida milliy kompaniyaning keng ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning ko‘chma mobil aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish vazifalari yuklatilgan.

  • 4G nima va uni 3G dan, 3Gni 2Gdan farqi nimada?

    4G – bu LTE (Long-Term Evolution) texnologiyasi bo‘yicha to‘rtinchi avlod aloqasi bo‘lib, 3G uchinchi avlod mobil aloqasining asosiy taraqqiyot yo‘nalishidir. Mobil aloqasining istiqbolli standartlarini ishlab chiquvchi Third Generation Partnership Project (3GPP) Xalqaro birlashmasi, LTEni UMTS standartidan keyin navbatdagi keng polosali mobil aloqa tarmog‘i sifatida tasdiqlagan. Uchinchi avlod (3G) tarmog‘i 3,6 Mbit /s.gacha ma’lumotlar uzatish tezligini ta’minlaydi. LTE o‘tkazish polosasiga bog‘liq holda baza stantsiyasidan foydalanuvchigacha bo‘lgan yo‘nalishda ma’lumotlar uzatishning nazariy eng yuqori tezligini 326,4 Mbit/s.gacha, qayta yo‘nalishda esa 172,8 Mbit/s. gacha ta’minlaydi. Ikkinchi avlod, /2G/ tarmog‘i esa ma’lumotlar uzatishning nazariy jihatdan yuqori tezligini GPRS texnologiyasi yordamida 56-114 Kbit/s.gacha, EDGE yordamida esa 473,6 Kbit /s.gacha ta’minlashga qodir.

  • UZMOBILE qachon ish boshlagan va qanday xizmatlarni taqdim etadi?

    2004-yildan boshlab “O‘zbektelekom” AK UZMOBILE filiali tomonidan CDMA-450 standartidagi mobil va statsionar aloqa xizmatlari ko‘rsatiladi. Prezident Qaroriga asosan 2015-yilda UZMOBILE GSM tarmog’i ishga tushirildi.

  • EV-DO texnologiyasi bo‘yicha ma’lumotlar uzatish tezligi qanday?

    3,1 Mb/s.gacha.

  • UZMOBILE CDMA-450 standartida mobil aloqasi bilan qamrab olish darajasi qanday?

    O‘zbekiston Respublikasi barcha aholi punktlarining 85%(foizi).

  • UZMOBILE CDMA va GSM tarmog‘ida qanday xizmatlarni taqdim etadi?

    Qo‘shimcha xizmatlar qatorida: mobil Internet va turli Internet-paketlar, virtual xususiy tarmoqlar (VPN), xalqaro muqobil qo‘ng‘iroqlar, qisqa raqamlar, “GUDOK” xizmati, xalqaro rouming, chaqiriqni boshqa manzilga yo‘llash, uch tomonlama chaqiriq (yoki konferensaloqa), ovozli pochta, qisqa xabarlar xizmati va boshqalar.

  • “O‘zbektelekom” qanday xizmatlarni taqdim etadi?

    Kompaniya tomonidan quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi: qayd etilgan va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatining barcha turlari, Internet tarmog‘idan foydalanish, videokonferensaloqa xizmatlari, CDMA/GSM standartlarida mobil aloqa xizmatlari, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etish. Kompaniya xizmatlari to‘rtta —UZTELECOM™, UZMOBILE™, UZONLINE™ va TELECOM TV™ savdo belgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14tasi mintaqaviy, 8ta ixtisoslashtirilgan va 3tasi sho‘ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2010-yil oxiriga kelib, 14 ming nafarni tashkil etdi. «O‘zbektelekom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Internet xizmatlari ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.

  • GSM tarmog’ida hisobni (balansni) qanday tekshirish mumkin?

    - Balans tekshirish usullari:
    - USSD so’rov orqali: *100*1# (balans)
    *100*2# (SMS, daqiqa va MB qoldiqlari)
    - SMS orqali: 9999 raqamiga quyidagi kod bilan SMS yo’lash:
    1001 (balans)
    1002 (SMS, daqiqa va MB qoldiqlari)
    - GSM Shaxsiy kabinet orqali