Bosib chiqarish

Ommaviy ofеrta

Ommaviy ofеrta

1. Umumiy qoidalar

1.1. 2007-yil 03.04. dan ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va xizmatlar ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanishga huquq beruvchi AA № 0001934 Litsenziya hamda 2006-yil 12.08. dan ulgurchi savdoga huquq beruvchi №002310 AU litsenziyasiga ega, bundan keyin «Operator» deb ataluvchi «O‘zbektelekom» AK quyida keltirilgan harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan ushbu ofertani ma'qullovchi jismoniy shaxslarga (bundan keyin - «Abonent») quyida keltirilgan shartlar asosida (bundan keyin birgalikda shartnoma tomonlari deb ataladi) harakatli radiotelefon (mobil) aloqa (bundan keyin – «Aloqa xizmatlari») taqdim etadi.

Ushbu Ommaviy oferta harakatli radiotelefon (mobil) aloqa xizmatlarini taqdim etish shartnomasi hisoblanadi.

Ushbu Ommaviy oferta shartlari radiotelefon (mobil) aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi Qoidalari ham hisoblanadi, ularga Shartnoma Tomonlari amal qilishlari shart. Matnda bundan keyin Shartnoma (ushbu Shartnoma) va Oferta (ushbu Oferta) terminlari bir xil ifodaga ega bo‘ladi.

1.2. Abonentni 450-CDMA 2000 1X standarti harakatdagi radiotelefon (mobil) aloqa tarmog‘iga ulash yo‘li bilan Operator omonidan Abonentga O‘zbekiston Respublikasi hududida aloqa xizmatini va moddiy shaklga ega bo‘lmagan ma'lum texnik operatsiyalarni amalga oshirish xizmatlarini ko‘rsatish aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi Shartnomasi predmeti hisoblanadi. Ushbu ommaviy oferta to‘la va so‘zsiz aksepti (2.1.p) shartlari mavjud bo‘lganda, jumladan abonent o‘zi tanlagan tarif rejasiga muvofiq, aloqa xizmatlariga avvaldan haq to‘lash majburiyatini bajargan hollarda Abonentga aloqa xizmatlari ko‘rsatiladi.

1.3. Ushbu oferta maqsadlari uchun quyidagi asosiy terminlar qabul qilinadi:

Аbonent —aloqa xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxs.

Аbonentlik shartnomasi —Ommaviy oferta va oferta shartlari aksepti haqidagi Qaydnoma blankasidan tashkil topuvchi Abonent va Operator o‘rtasida imzolanadigan, aloqa xizmatlari taqdim etish Shartnomasi.

Аbonent raqami —abonent bilan boshqa qurilma ulanganida telekommunikatsiyalar tarmog‘iga ulangan abonent uskunasi aniqlanadigan Shartnoma bo‘yicha aloqa xizmatlari taqdim etish uchun ajratiladigan raqam.

Аbonent uskunasi —tarmoqqa ulanadigan, radiokanallar orqali axborot uzatish yoki qabul qilish uchun elektraloqa signallarini shakllantirish texnik vositasi. Abonent uskunasi va unga dasturiy ta'minot Abonent tomonidan o‘z hisobiga sotib olinadi, uning mulki hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonun 24 bandigamuvofiq, sertifikatlashtirilgan bo‘lishi kerak.

Аbonent to‘lovi —abonentga ma'lum aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyati berilganligi yoki aloqa xizmati ma'lum tarif rejasidan foydalanganligi uchun abonent hisob-raqamidan to‘lovni amalga oshirish Filial Prays-listlarida belgilangan miqdorda va davrda amalga oshiriladigan to‘lov.

Ekspress to‘lov kartasini faollashtirish —uning natijasida Abonent hisob-raqami ekspress kartada ko‘rsatilgan miqdorga to‘ldiriladigan harakat.

Оperator tarmog‘iga ulanish —Operator tomonidan taqdim etiladigan xizmatni olish uchun Operator tarmog‘idan foydalanish imkoniyati.

Yagona tarifikatsiya —Operator tomonidan tanlangan tariflash tizimiga bog‘liq bo‘lgan Abonent tomonidan haq to‘lanadigan ulanish davomiyligi birligi.

Оperator xizmat ko‘rsatish zonasi —Litsenziyali kelishuv asosida Operator aloqa xizmatlari ko‘rsatish huquqiga ega va aloqa xizmatlari ko‘rsatish texnik imkoniyatlariga bo‘lgan hudud.

Ekspress to‘lov kartasi —amal qilishi davri, seriyali raqami, maxfiy kodi, yopiq himoya qatlami va boshqa ma'lumotlar bilan Abonentga aloqa xizmatlari taqdim etilishi mumkin bo‘lgan pul miqdori ko‘rsatilgan karton yoki plastik karta.

Кontent —SMS, MMS, GPRS yordamida olingan axborot, hordiq chiqarish xususiyatiga ega matnli yoki multimeali ma'lumotlar.

Кontent-provayder —tijorat asosida Operator tarmog‘i orqali Abonentlarga kontent xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. Kontent xizmatlari Abonentning avvaldan berilgan buyurtmasi bo‘yicha taqdim etiladi.

Аlohida tarif —tarif rejasiga kirmaydigan, alohida xizmat uchun Operator tomonidan belgilanadigan tarif. Alohida tarif biror-bir tarif rejasini tanlash bilan bog‘liq emas. Alohida tariflar Operatorning Prays-listlarida yoki Abonent bilan Shartnomada, yoki Internetda (Operator rasmiy WEV-saytida), yoki ommaviy axborot vositalarida ko‘rsatiladi.

Оperator ofisi —Operatorning bosh ofisi.Toshkent shahrida va uning filiallari ofislari O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarida joylashgan. Operator filiallari ofislari ro‘yxati, ularning ish tartibi va vakolatli lavozimli shaxslar Operatorning rasmiy WEV-saytida ko‘rsatilgan va zarur hollarda dolzarblashtiriladi. Ro‘yxat vaqti-vaqti bilan o‘zgarishi mumkin (pochta manzili, lavozimli shaxslar o‘zgarishi va shu kabilar).

Prays-varaqa —Operator tomonidan o‘rnatiladigan tarif rejalari va alohida tariflar to‘plami.

Ulanishni taqdim etish —Operator tomonidan Abonentga Abonent raqamini foydalanishga va Internet tarmog‘iga ulanishni taqdim etish bo‘yicha operatsiyalar bajarilishi.

Radiotelefon ulanishi davomiyligi —bu Operator apparaturasi tomonidan chaqirilayotgan tomon javobini aniqlash paytidan Operator apparaturasi tomonlardan birining radiotelefon ulanishini uzishi paytini aniqlashigacha bo‘lgan vaqt intervali uzunligi.

Radiotelefon ulanish —hech bo‘lmaganda birortasi Tarmoq Abonenti hisoblangan aloqa xizmatlari foydalanuvchilarining axborot almashish imkoniyatini ta'minlovchi Abonentlik uskunalari o‘rtasida radiotelefon aloqasi o‘rnatilishi.

Rouming—bir Operator abonentini boshqa mamlakatda joylashgan boshqa Operator xizmat ko‘rsatish hudidida bo‘lganida boshqa Operator tarmog‘idan foydalanishini ta'minlovchi xizmat. Mamlakatlar va Operatorning rouming- hamkorlari ro‘yxati amal qilish aniq belgilangan sanaga dolzarblashtiriladi va vaqti-vaqti bilan o‘zgarishi mumkin. Rouming-hamkorlar ro‘yxati, rouming xizmatiga tariflar kabi Operator tomonidan rasmiy WEV-saytda va bosma axborot materiallarida ko‘rsatiladi.

R-UIM karta —Tarmoqda Abonentni aniqlash imkonini beruvchi kiritilgan mikrosxema bilan plastik kartochkadan iborat identifikatsion moduli.

SMS (SMS) — qisqa xabarlar xizmati

Tarmoq — Abonentga harakatlanish radiotelefon aloqasi (telefon, ma'lumotlar uzatish va boshqalar) taqdim etiladigan texnik vositalar (kommutatsion va radiouskunalar, abonent qurilmasi, ulanish liniyalari, injoatlar va shu kabilar) to‘plamidan iborat mobil harakatdagi radiotelefon aloqasi tarmog‘i.

Tariflash tizimi — turli aloqalar va xizmatlar to‘plami narxini hisoblash usuli.

Tariflar — ma'lum aloqa xizmati narxi

Tarif rejasi — aloqa xizmatlari ma'lum to‘plamiga mos tariflar ro‘yxati.

Tarmoqqa ulanishni taqdim etish texnik imkoniyati — band bo‘lmagan abonentlik raqamlari sig‘imi va/yoki aloqa kanallari, shu jumladan, ajratilgan radiochastotali resursni hisobga olgan holda radiokanallarning mavjudligi.

Aloqa xizmatlari taqdim etish texnik imkoniyati — Abonentga tegishli aloqa xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan Operator xizmat ko‘rsatish zonasida ishlab turgan texnik vositalar va inshootlarning mavjudligi.

Aloqa xizmati —Abonentga Tarmoqqa ulanish hamda radiosignallarni qabul qilish, qayta ishlash, uzatishni ta'minlash bo‘yicha Operator tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar.

Operator tijorat vakili vakolatli ofisi — Operator mansabdor shaxsi imzosi bilan va muhr bilan tasdiqlangan rasmiy hujjat asosida Abonent bilan harakatdagi rabiotelefon (mobil) aloqa xizmatlarini taqdim etish, Operator tomonidan taqdim etilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qilish va o‘ziga berilgan huquqlargamuvofiq, Operator abonentlariga boshqa xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ega uchinchi shaxslar ofisi.

Cheklovlar darajasi — Operator Abonentga taqdim etilayotgan aloqa xizmatlarini cheklashga yoki ularni to‘la to‘xtatishga haqli bo‘lgan Abonent hisob-raqamida (balansida) pul mablag‘lari minimal miqdori holati.

Hisob-raqami — Abonentning aloqa xizmatlari olishga huquqi pul miqdori ko‘rinishda ifoda etilgan axborotdan iborat Operator hiob kitoblari avtomatlashtirilgan tizimidagi elektron fayl (bundan keyin – Shartli pul miqdori).

2. Shartnoma tuzish tartibi va shartlari

2.1. Abonent va Operator o‘rtasida aloqa Xizmatlari taqdim etishga shartnoma Operator Ofislarida yoki Operatorning tijorat vakillari Vakolatli ofislarida ommaviy oferta asosida tuziladi. Jismoniy shaxning ro‘yxatdan o‘tish blankasini imzolashi va R-UIM kartasi sotib olishi yoki yakuniy nuqta abonent qurilmasi, shu jumladan, statsionar radiotelefon apparati dasturiy ta'minotiga tegishli ma'lumotlarni kiritilishi uning aksepti (Shartnoma tuzishga roziligi) hisoblanadi. Operatorning Akseptni olishi va a i registratsii Abonentni Operator axborot-billing tizimida ro‘yxatga olinishidan so‘ng ushbu shartnoma yozma ravishda tuzilgan hisoblanadi.

2.2. Operator aloqa xizmatlari ko‘rsatilishiga Shartnoma tuzishni rad etishga haqli holatlar:

1) Оperator tarmog‘iga ulanishni taqdim etish texnik imkoniyati mavjud bo‘lmaganda;

2) Аbonent tomonidan so‘ralayotgan harakatdagi radiotelefon aloqasi Tarmoq xizmatlarini taqdim etish texnik imkoniyati mavjud bo‘lmagandi;

3) Оperatora Abonent uskunasi boshqa Abonent tomonidan yo‘qotilganligi haqida ma'lumotlar mavjud bo‘lgan yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida sertifikatlashtirilmagan bo‘lgan hollarda;

4) Аbonentning ilgari Operator tomonidan ko‘rsatilgan aloqa xizmatlari uchun qarzi borligi haqida ma'lumotlar bo‘lganda.

2.3. Xizmat vazifasini bajarishlarida Operator xodimlariga ma'lum bo‘lgan Abonentlar haqidagi ma'lumot maxfiy axborot hisoblanadi va O‘zbeksiton Respublikasi qonunchiligiga asosan sir saqlanishi kerak. Abonentllar haqidagi ma'lumotlarga quyidagilar kiradi: Abonent– jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; Abonent manzili yoki abonent uskunasi o‘rnatilishi manzili, tahallusi, abonent raqamlari va Abonentni hamda uning abonentlik uskunasini aniq bilib olishga imkon beruvchi boshqa ma'lumotlar. Telekommunikatsiya tarmoqlari orqali beriladigan xabarlar haqidagi ma'lumot hamda xabarlarning o‘zi faqat ularning jo‘natuvchilariga (Operator Abonentlariga) yoki ularning qonuniy vakillariga berilishi mumkin.

2.4. Shartnoma Operator tomonidan quyidagi hollarda bir tomonlama bekor qilinishi mumkin:

1) Bajarishning mumkin bo‘lmasligi (bartaraf qilib bo‘lmas kuch sharoitlar oqibati, texnik imkoniyatning yo‘qligi va boshqalar);

2) Davlat organi tomonidan hujjat chiqarilishi oqibatida majburiyatlarini bajarish mumkin bo‘lmay qolgan holat, xususan, Operatorning litsenziyasini qonunchilik bilan o‘rnatilgan tartibda chaqirib olish, to‘xtatish, bekor qilish holatlari;

3) Ushbu Shartnomada yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda.

2.5. Shartnoma bekor qilinganida abonent uskunasini Tarmoqqa ulash uchun to‘langan haq hamda R-UIM kartalari, shu kabi sotib olingan, ammo Abonent tomonidan faollashtirilmagan to‘lov kartalari qiymati Abonentga qaytarilmaydi. Abonent mulki hisoblangan Abonent uskunasi Operator tomonidan sotib olinmaydi.

2.6.Ushbu Shartnoma tomoni sifatida Abonent o‘zgarishi hollarida (shu jumladan v faollashtirilgan R-UIM kartani meros qilib olish, sovg‘aga olish), sobiq Abonent bilan Shartnoma bekor qilinadi va yangi Abonent bilan aloqa xizmatlari ko‘rsatilishiga Shartnoma tuziladi. Shu bilan birga Operator Abonent haqida ma'lumotlar bazasini qayta rasmiylashtirish bilan bog‘liq haq to‘lashni (amaldagi tarif rejasiga binoan) va sobiq Abonen qarzini to‘lashni talab qilishga haqli.

2.7. Ushbu Oferta shartlari asosida shartnoma tuzilganda, Abonent Operatorga uning shaxsiy ma'lumotlarini to‘plash, ishlab chiqish va saqlashga rozilik beradi.

3. ОPERATORNING MAJBURIYATLARI VA HUQUQLARI.

3.1. Operator majburiyatlari:

1) Аbonentga ushbu Shartnoma amal qilishi davriga foydalanishga Abonent raqamini berish va R-UIM kartani yoki abonent uskunasi dasturini faollashtirish.

2) Harakatdagi radiotelefon (mobil) aloqa Tarmog‘i xizmat ko‘rsatish Zonasida bo‘lganida aloqa xizmatlarini taqdim etish, harakatdagi radiotelefon aloqa Tarmoq xizmat ko‘rsatish zonasida Operator tomonidan ko‘rsatiladigan aloqa xizmati sifati O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan standartlarga, texnik me'yorlar va boshqa harakatdagi radiotelefon (mobil) aloqa faoliyatini belgilovchi me'yoriy hujjatlar, Shartnoma shartlariga hamda ushbu aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi shartlari haqida Operator tomonidan taqdim etiladigan axborotlarga mos bo‘lishi kerak.

3) Xizmat ko‘rsatish Zonasi doirasida Abonentni shoshilinch tezkor xizmatlarni kunu tun davomida bepul chaqirish imkoniyati bilan ta'minlash (01, 02, 03, 04, 050).

4) Abonentlarga aloqa xizmatlari haqida ishonchli axborotlarni taqdim etish;

5) Abonentlarga aloqa xizmatlari taqdim etish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish;

6) Abonentga aloqa xizmatlaridan foydalanish va ushbu xizmatlarga haq to‘lash, aloqa sifati masalalari bo‘yicha maslahatlar tashkil etish.

7) Operatorning chet el tarmoqlari Operatorlari bilan tegishli shartnomalari mavjud bo‘lgan va Abonent tanlagan tarif rejasida shunday xizmat ko‘zda tutilgan hollarda Abonentga chet elda harakatdagi radiotelefon mobil aloqasi boshqa tarmoqlar xizmatlaridan foydalanish (rouming) imkoniyatini taqdim etish .

8) Aloqa xizmatlari uchun haq to‘lamaganligi va/abonent to‘lovini to‘lamaganligi uchun o‘chirilgan Abonentni uning aloqa xizmatlari uchun qarzini to‘lagandan keyi va tanlangan tarif rejasigamuvofiq, ko‘rsatilgan miqdorda oldindan haq to‘laganda Tarmoqqa ulashni amalga oshirish;

3.2.Operator huquqlari:

1) O‘zbeksiton Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, Ommaviy ofertani chaqirib olish, Operator rasmiy WEB-saytida tegishli axborot xabarlar joylashtirish yoki Operator uchun ma'qul yo‘llar asosida Abonentni xabardor qilish bilan Shartnoma shartlariga o‘zgartirish kiritish va ko‘rsatilgan axborot joylashtirlgan sanadan so‘ng 15 kun davomida Operator ushbu o‘zgarishlarni qabul qilmaslik to‘g‘risida Abonentdan yozma ravishda to‘la yoki qisman rad javobini olmasa, unda Shartnomaga kiritiladigan o‘zgartirishlar qabul qilingan deb hisoblanadi;

2)Abonentning ushbu Shartnoma shartlarini buzgan hollarda Abonent uskunasini Tarmoqqa ulanishini to‘xtatish. Abonent uskunasini Tarmoqqa takroriy ulash qoidabuzarliklar to‘la bartaraf qilinganidan so‘ng amalga oshiriladi, shu bilan birga Abonentga avvalgi Abonent raqamini saqlab qolish kafolatlanmaydi;

3)Aloqa xizmati tarif rejasini, haq to‘lash tizimi, shartlari, shakli va muddatlarini o‘zgartirish amalga kiritilishidan kamida 5 kun avval Abonentlarni xabardor qilib ushbu o‘zgartirishlarni kiritish. Abonentlarni xabardor qilish shu muddatlarda ommaviy axborot vositalarida e'lon qilish yoki Operatorning axborot-ma’lumotli xizmat ko‘rsatish tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin.

4) O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida o‘rnatilgan tartibda Abonentga berilgan Abonent raqamini bir tomonlama tartibda o‘zgartirish;

5) Shartnoma bekor qilinganida Abonent «elektron» hisob-raqamidagi mablag‘lar ijobiy balansini Abonentning plastik kartasiga yoki bank hisob raqamiga o‘tkazish;

6) Оperator O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va ushbu Shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.

4. АBONENT MAJBURIYATLARI VA HUQUQLARI

4.1. Аbonent majburiyatlari:

1) Ushbu Shartnoma shartlariga amal qilish;

2) Faqat O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan standartlariga muvofiq, sertifikatga ega bo‘lgan Abonent uskunalaridan foydalanish;

3) Ishlab chiqaruvchining foydalanish bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomasiga muvofiq, ma'lum hududlarda (aeroport, samolyot va boshqalar) amal qiladigan alohida buyruqlar va qoidalar, to‘siqlar yoki xavfli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin holatlarda cheklashlarni (tibbiyot muassasalari, texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari, yonilg‘i saqlash va quyish hududlari, portlatish ishlari o‘tkaziladigan joylar va boshqalar) hisobga olib, Abonent uskunasidan foydalanish. Operator ko‘rsatilgan cheklashlar va qoidalar bilan Abonentni tanishtirishga majbur emas;

4) Abonent ma'lumotlarini aniqlashtirish maqsadida (familiya, ismi, otasining ismi, doimiy va/yoki vaqtinchalik yashash joylari, pasport seriyasi va raqami (yoki pasport o‘rniga berilgan hujjat) u Operator xodimiga o‘zining pasporti asl nusxasini tadlim etishi shart (yoki qonunchilikkamuvofiq, pasport o‘rniga berilgan hujjat);

5) Amaldagi hisoblar, tarif rejasi va Shartnoma shartlariga binoan taqdim etilayotgan xizmatlar ro‘yxatiga binoan aloqa xizmatlariga o‘z vaqtida va to‘la haq to‘lash;

6) Operatorga xatlar etkazib berish manzili, bank rekvizitlari, haqiqiy turar joyi, pochta manzili va vaqtinchalik ro‘yxatga olingan manzili haqidagi ishonchli ma'lumotlarni hamda Shartnoma maqsadlarida foydalaniladigan boshqa ma'lumotlarni Operator Shartnoma tuzish paytida shu ma'lumotlarni ko‘rsatishni talab etgan hajmda taqdim etish. Ko‘rsatilgan ma'lumotlar o‘zgargan hollarda shunday o‘zgarishlar kuchga kirishi kunidan so‘ng 30 (o‘ttiz) kun davomida Operatorga yozma ravishda aniqlashtirilgan ma'lumotlarni shaxsan taqdim etish;

7) Оperator bilan yozma ravishda oldindan kelishmasdan Abonent raqamidan lotereyalar, ovoz berish, tanlov, viktorinalar, reklama, so‘rovnomalar, ommaviy tarqatmalar, qayd etilgan aloqa tarmog‘ida ulannish uchun shlyuzlar o‘rnatish, Internet telefoniya va Abonent uskunasi va/yoki aloqa qurilmalari ish bajarish qobiliyatini buzilishiga olib keluvchi boshqa tadbirlar o‘tkazish uchun foydalanmaslik;

8) Fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida Tarmoqqa ulangan Abonent uskunasidan (R-UIM kartasi) uchinchi shaxslarga foydalanish huquqini bermaslik. Abonent uskunasidan (R-UIM kartasi) uchinchi shaxslarning foydalanishlari Abonentni Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarishi uchun mas'uliyatdan ozod etmaydi.

9) Turli nomaqbul deb hisoblanadigan harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik va sodir etmaslik;

10) Аbonent O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ushbu Shartnomaga muvofiq, boshqa majburiyatlarni ham zimmaziga olishi mumkin.

4.2. Abonent huquqlari:

1) Texnik normativlar va O‘zbekiston Respublikasi standartlari hamda ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq, Operator tomonidan Tarmoqda ruxsat etilgan texnik usullar bilan telefon so‘zlashuvlari, axborot uzatish uchun Tarmoqdan foydalanish;

2) Оperator va uning Vakolatli ofislari, ularning ish tartibi va Operator tomonidan ko‘rsatiladigan aloqa xizmatlari to‘plami haqida zarur va ishonchli axborotni talab qilish;

3) Texnik normativlar va O‘zbekiston Respublikasi standartlari hamda ushbu Shartnomaga muvofiq, Operator tomonidan o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatilishiga;

4) Оperatorning roziligini olib, Operator tomonidan o‘rnatilgan tartibda shu haqida Operatorni xabardor qilib, Operator tomonidan qabul qilingan tartibda hisob-kitoblar tartibini, tarif rejasi, taqdim etilayotgan xizmatlar to‘plamini o‘zgartirishga;

5) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va ushbu Shartnomada o‘rnatilgan tartib va shartlar asosida o‘z Abonentlik uskunasini Tarmoqqa ulash;

6) Shartnomani bekor qilish ko‘zda tutilgan sanadan kamida 5 ish kuni oldindan bu haqida Operatorni yozma ravishda xabardor qilish bir tomonlama Shartnomani bekor qilish. Shu bilan bir vaqtda, Abonent aloqa xizmatlari haq tshlash bo‘yicha Operator oldidagi qarzlarini to‘lashi kerak.

7) Operator tomonidan ushbu shartnomada ko‘rsatilgan shartlar buzilgan hollarda Operator aloqa xizmatlaridan voz kechish va Shartnomani bekor qilish ko‘zda tutilgan sanadan kamida 5 ish kuni oldindan bu haqida Operatorni yozma ravishda xabardor qilish bir tomonlama Shartnomani bekor qilish. Shu bilan bir vaqtda Abonent aloqa xizmatlari haq tshlash bo‘yicha Operator oldidagi qarzlarini to‘lashi kerak.

8) Abonent o‘z huquqlari buzilgan hollarda davlat vakolatli organlari yoki sudga murojaat etish;

9) Abonent O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va ushbu Shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.

5. OPERATOR TOMONIDAN KO‘RSATILADIGAN ALOQA XIZMATLARIGA NARXLAR (tarif rejalari )

5.1. Barcha xizmat turlariga tariflar Operator tomonidan mustaqil belgilanadi va tarif rejalarida aks ettiriladi.

5.2. Javob signali chaqirilayotgan tomon javobiga teng hisoblanuvchi va telefon ulanishi davomiyligini hisoblash boshlanishi bo‘lib xizmat qiluvchi Abonent uskunasiga quyidagilar kiradi:

1) Ма'lumotlar uzatish apparaturasi: axborotni avtomatik qabul qilish rejimida ishlaovchi modem yoki faksimil apparati va boshqalar;

2) Аvtojavob bilan jihozlangan har qanday abonent qurilmasi, uskunasi;

3) Аvtomatik tarzda raqam aniqlovchisi bilan abonent uskunasi;

4) Chaqirilayotgan tomon javob bermaganda axborot almashish imkoniyatini ta'minlovchi boshqa qurilma.

5.3. Radiotelefon ulanish xizmatiga haq to‘lash aloqa xizmati ko‘rsatilishi paytida amal qiluvchi tarif bo‘yicha amalga oshiriladi.

6. ALOQA XIZMATI KO‘RSATILGANLIGI UCHUN ABONENT BILAN HISOB-KITOBLAR

6.1. Abonent tomonidan operatsiyalar amalga oshirilishi sanasida amal qiluvchi Prays-listida belgilangan miqdorda oldindan haq to‘langanidan so‘ng aloqa xizmatlari ko‘rsatiladi.

6.2. Aloqa xizmatlari uchun tariflar AQSh dollarida o‘rnatiladi. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun barcha to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi valyutasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.

6.3. Тo‘lov ma'lum nominaldagi Ekspress kartani sotib olish va unda ko‘rsatilgan yo‘riqnomaga muvofiq, uni faollashtirish yo‘li, yoki Operator ofisida yoki Operator vakolatli tijorat vakili ofisida naqd pul to‘lash yo‘li yoki bankdan tashqari elektron (chakana) to‘lovlari tizimi yordamida, shu jumladan, so‘mli plastik kartochkalardan foydalanib, naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shu bilan bir vaqtda, abonent hisob raqamiga Ekspress to‘lov kartasi nominaliga yoki dollar ekvivalentida kelib tushgan to‘lov miqdoriga teng aloqa xizmatlari olishga huquqi hajmi narxi ekvivalenti o‘tkaziladi.

6.4. To‘lov Abonentning ekspress to‘lov kartasini faollashtirish to‘la ekvivalenti hisoblanadi. To‘lovni amalga oshirib, Abonent Operatorga yoki Operator tomonidan vakolat berilgan shaxsga pul mablag‘i o‘tkazadi va kelib tushgan pul miqdoriga ekvivalent aloqa xizmati olishga Abonent huquqi hajmi dollar ekvivalentida Abonent hisob-raqamida aks ettiriladi, bu haqida Abonentga kassa mashinasi cheki ko‘rinishida tasdiqlovchi hujjat berilishi kerak. Kassa mashinasi cheki tortishuvchi masalalarni yoki ushbu to‘lov xususida Abonentning da'volarini hal qilishda zarur hujjat hisoblanadi. Shu bilan birga, shunday to‘lov usuliga Ekspress to‘lov kartasi yordamida hisob-raqamini to‘ldirishga taalluqli ushbu Shartnoma barcha Qoidalari amal.

6.5. To‘lovni amalga oshirganida ushbu Oferta 6.3. punktiga muvofiq, Abonent hisob-raqamiga o‘tkazilgan yoki kelib tushgan to‘lov miqdori va aloqa xizmatlariga tariflardan kelib chiqib belgilanadigan hajmda aloqa xizmatlari olishga huquqga ega bo‘ladi.

6.6.Aloqa xizmatlaridan foydalanib borar ekan, Abonent hisob-raqamidan avtomatik ravishda qabul qilingan to‘lov tarifida belgilangan tegishli pul miqdori chigirib olinadi.

6.7. Аbonentga hisob-raqamida sarflanmagan pul miqdori qoldig‘i haqidagi ma'lumot bepul, Operator tomonidan belgilangan usulda taqdim etiladi.

6.8.Hisob-raqamida Shartli pul miqdori tugagan bo‘lsa hamda 60 kun davomida ketma-ket Abonent hisob raqamidan biror marta ham pul mablag‘i chigirilshi bo‘lmagan hollarda (pullik qo‘ng‘iroqlar, SMS, GPRS sessiya va shu kabilar) Abonentga aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi to‘xtatiladi, shu jumladan, tugallanmagan so‘zlashuvini uzib qo‘yiladi.

6.9.Hisob-raqamida Shartli pul miqdori tugamagan bo‘lsa hamda 60 kun davomida ketma-ket Abonent hisob-raqamidan biror marta ham pul mablag‘i chigirilishi bo‘lmagan hollarda (pullik qo‘ng‘iroqlar, SMS, GPRS sessiya va shu kabilar), Abonentga aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi to‘xtatiladi, ushbu shartli pul miqdori hisobida saqlab qolinadi va navbatdagi Ekspress to‘lov kartasi faollashtirilgan yoki aloqa xizmatlari taqdim etilishi to‘xtatilishi paytidan 60 kun o‘tguniga qadar, naqd pul to‘lovi o‘tkazilishi hollarida yangi o‘tkazilgan shartli pul miqdoriga qo‘shiladi.

6.10.Shartnoma tuzilgandan keyin yoki aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi to‘xtatilgandan keyin Ekspress to‘lov kartasi faollashtirilmagan, to‘lov o‘tkazilmagan hollarda yoki boshqa hollarda (shu jumladan, Abonent iltimosiga ko‘ra xizmat ko‘rsatish to‘xtatilgan holda), Abonentga xizmat ko‘rsatishni qayta tiklash imkoni saqlanadi (Ekspress to‘lov kartasini navbatdagi faollashtirishi yoki to‘lovni amalga oshirishi sharti bilan) —60 kun davomida.

Оperator SMS xabarlar yordamida yoki Internet tarmog‘ida Operator rasmiy WEV-saytida tegishli xabarni joylashtirish yoki ommaviy axborot vositalarida e'lon qilish yoki boshqa usullar bilan Abonentga ushbu davrning o‘zgarishi haqida xabar yetkazib, vaqtinchalik uni qisqartirishga haqli. Ko‘rsatilgan vaqt tugaganidan so‘ng Abonent abonent xizmatiga murojaat etib va Tarmoqqa ulanishni taqdim etishga hamda ushbu harakatlar bilan bog‘liq xarajatlarga haq to‘laganidan so‘ng aloqa xizmatlari ko‘rsatilishini tiklashi mumkin. Shunday hollarda Abonentga uning abonentlik raqamini saqlab qolish kafolatlanmaydi.

6.11. Qаtor hollarda, qachonki Abonent hisob-raqamidan uning foydalangan aloqa xizmatlari miqdorida darhol haq olish mumkin bo‘lmaganda – misol uchun, Abonentning roumingda bo‘lganida va boshqa hollarda hamda tarif rejasi va xizmat ko‘rsatish shartlarida ushbu holat ko‘zda tutilganda Abonent hisob-raqami balansi ijobiy bo‘lishi mumkin, bu Abonentning Operator oldida qarzdorligini anglatadi. Shunday holda aloqa xizmati ko‘rsatilishi to‘xtatilishi mumkin.

6.12. Balansi salbiy qiymati (qarzi) yuzaga kelgan hollarda, Operator o‘n kunlik muddatda Abonentga mavjud qarzi borligi va uni to‘lash talabi bilan yozma xabarnoma yuboradi. Abonent ko‘rsatilgan xabarnomani olganidan so‘ng 10 kun muddatda mavjud qarzini to‘lashi shart.

6.13. Оperator Abonent hisob-raqamida (balansida) pul mablag‘lari miqdoriga qarab qo‘shimcha ogohlantirmasdan Abonentga ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlari hajmini cheklashga haqli (cheklash darajasi). Cheklashlar darajasi Operator Prays-listlarida keltiriladi.

6.14. Оperator tomonidan Abonentning ma'lum manzili bo‘yicha yo‘naltirilgan barcha to‘lov hisoblari va xabarnomalari tegishli ravishda jo‘natilgan hisoblanadi, ularni olmaslik hollarida Operator hech qanday da'volarni qabul qilmaydi.

6.15.Abonent tomonidan majburiyatlarini bajarishi ta'minlash maqsadlarida va Abonentning Operator tomonidan unga ko‘rsatilayotgan mobil aloqa xizmatlariga haq to‘lanmagan hollarda Operator oldida Abonentning hisoblar bo‘yicha haq to‘lashi majburiyatlari bo‘yicha javobgarlikni zimmasiga oluvchi uchinchi shaxs bilan kafillik shartnomasi tuzilishi mumkin. Tuzilgan kafillik shartnomasi ushbu oferta bilan yagona yaxlitni tashkil qiladi. Operator, Abonent va Kafillikni oluvchi o‘rtasidagi barcha munosabatlar ushbu Oferta, kafillik shartnomasi va ushbu munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi qonunchilik amaldagi qoidalari asosida tartibga solinadi.

7. ABONENTNNIG OPERATORGA DA'VOSINI KO‘RIB ChIQISh TARTIBI

7.1. Аloqa xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlari bajarmagan yoki kerakli darajada bajarmagan hollarda Abonent Operatorga da'vo qiladi.

7.2. Da'volar yozma ravishda taqdim etiladi va Operator tomonidan o‘rnatilgan tartibda qayd etilishi kerak.

7.3. Aloqa xizmatlari ko‘rsatilmasligi, o‘z vaqtida ko‘rsatilmasligi va sifatsizligi bilan bog‘liq da'volar shunday xizmat ko‘rsatilishi sanasidan 6 oy davomida qabul qilinadi.

7.4. Da'volarga yozma javoblar ushbu ommaviy oferta 7.2. punktiga muvofiq, Operator tomonidan qayd etilishi sanasidan 30 kun davomida berilishi kerak.

7.5. Tarmoqqa ruxsatsiz ulanishlari orqali uchinchi shaxslarning aloqa xizmatlaridan foydalanishlari sababli kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda belgilangan tartibda amalga oshirilgan telefon qo‘ng‘iroqlari kim tomonidan amalga oshirilganligini aniqlash uchun texnik tekshiruv o‘tkazilishi kerak.

8. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

8.1. Оperator shartnoma majburiyatlarini, belgilangan aloqa xizmati ko‘rsatish sifatini bajarmaganligi yoki sifatsiz bajarganligi, ularni ko‘rsatish muddatlari yoki kamchiliklarni bartaraf qilish muddatlari buzganligi, aloqa xizmatlari to‘g‘risidagi va ushbu xizmatlarijrochisi to‘g‘risidagi axborotlarning ishonchsizligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida yoki ushbu Shartnomada ko‘zda tutilgan tartibda va miqdorda Abonent oldida mas'liyatni o‘z zimmasiga oladi.

8.2. R-UIMkartasi yo‘qotilgan, o‘g‘irlangan yoki Abonentda yo‘qligi boshqa hollarida (Abonent uskunasi), Operator tomonidan Abonentdan ushbu R-UIM kartasiga (Abonent uskunasi) xizmat ko‘rsatilishi to‘xtatilishi to‘g‘risidagi yozma ariza olishiga qadar R-UIM kartasidan (Abonent uskunasi) foydalanish bilan bog‘liq Operator tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lash majburiyati Abonent zimmasiga yuklatiladi.

8.3. Operator turli zarar va qo‘ldan ketgan foyda uchun Abonent oldida javobgar hisoblanmaydi.

9. FORS-MAJOR

9.1.Ushbu Shartnoma maqsadlari uchun "Fors-major", Fors-major haqida xabar qiluvchi Tomon barcha oqilona harakatlariga qaramasdan oldini ololmaydigan, yonga olmaydigan yoki cheklay olmaydigan biror-bir hodisani, shu jumladan, ammo bu bilan cheklanmasdan, ushbu hodisa O‘zbekiston Respublikasida yoki undan tashqarida sodir bo‘lganligidan qat'iy nazar, urush, ommaviy tartibsizliklar, ish tashlashlar, hokimiyat organlari qarorlari, embargo, yonginlar, portlashlar, suv toshqinlari yoki boshqa tabiiy ofatlarni anglatadi; ammo, pul yo‘qligi yoki etmasligi Fors –major holati hisoblanmasligi sharti bilan.

9.2. Har qanday Fors-major holati yuzaga kelishi bilan ushbu Shartnoma bo‘yicha biror-bir majburiyatining bajarilishiga (pul mablag‘i to‘lash haqidagi majburiyatidan tashqari) Fors-major shunday vaziyati ta'sir ko‘rsatgan Tomon ("Zarar ko‘rgan Tomon") darhol fors-major holati mavjudligi haqida boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor qilishi ("Fors-major haqida xabarnoma"), boshqa Tomonga zarar va ziyon keltirishni kamaytirish va Zarar ko‘rgan Tomonning ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarish qobiliyatini tiklash uchun tegishli choralarni ko‘rishi kerak. Fors-major haqida xabarnoma:

а) Fors-major hodisasini ko‘rsatish zarur

b) Iloji boricha, uning Zarar ko‘rgan Tomonga o‘z majburiyatlarini bajarishi qobiliyatiga ta'sirini ta'riflash

c) Ushbu tomonning boshqa Tomon zarari yoki ziyonini kamaytirish va Zarar ko‘rgan Tomonning ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish qobiliyatini tiklash uchun ko‘rilgan choralarni ta'riflash.

Sodir bo‘lgan favqulotda holatdan xabar bermaslik yoki o‘z vaqtida xabar qilmaslik shu Tomonni shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi uchun mas'uliyatdan ozod etishga hech birini asos sifatida ko‘rsati huquqidan mahrum qiladi.

9.3. Аgar Fors-major holati sababli Tomonlardan birortasi ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni kechiktirsa, shunday kechiktirish davri ushbu Shartnomada ko‘zda tutilgan muddatlarni hisoblashda hisobga olinmaydi va shu Tomon Fors-major holati sababli bajara olmaganligi doirasida Shartnoma bo‘yicha olgan majburiyatini kech bajarganligi uchun oqlanadi biroq Fors-major holati haqida Xabar qilganidan so‘ng oltmish (60) kun davomida o‘z majburiyatlaridan birortasini Fors-major sababli bajarishga qodir bo‘lmasa, tomonlar darhol Fors-major ushbu holati oqibatlarini aniqlash uchun maslahatlashishlari va vaziyatga qarab Tomonlar roiziligi bilan tegishli zarur choralarni ko‘rishlari sharti bilan.

10. SHARTNOMA MUDDATI

10.1.Mazkur Shartnomaning amal qilish muddati Ofertani aksept qilish sanasidan belgilanadi va Tomonlarning ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishlari yoki uning bekor qilinshi kunigacha amal qiladi.

11. BOSHQA SHARTLAR

11.1. Оperator aloqa sifati yomonlashishi va uning to‘xtatilishi uchun mana shunday yomonlashish yoki to‘xtatilishi radioto‘lqinlari tarqalishi va ustma-ustligi, Abonentning binolar yaqinida yoki ichida, tunnellarda, yerto‘lalar va boshqa yer osti inshootlarida joylashish tabiiy sharoitlari oqibati bo‘lsa: joyning va imoratning lokal xususiyati; mahalliy simli telefon liniyalari operatorlari va xalqaro va shaharlararo aloq operatorlari uskunalari texnik ko‘rsatkichlari va holati, metrologik sharoitlar va Operator ta'sir ko‘rsata olmaydigan yoki ko‘zda tuta olmaydigan boshqa sabablar uchun Operator javobgarlikni zimmasiga olmaydi.

11.2.Abonentga taqdim etilayotgan radiotelefon aloqasi tarmoq konstruktiv xususiyatlari sababli operator kompetensiyasida bo‘lmagan mahalliy simli telefon liniyalari operatorlari va xalqaro va shaharlararo aloq operatorlari uskunalari sifatiga bog‘liq bo‘ladi.

11.3. Abonent buyurtmasiga muvofiq, Operator tarmog‘i orqali uchinchi shaxslar tarqatayotgan kontentni taqdim etilmasligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmasligi, mazmuni va sifati uchun Operator javobgarlikni zimmasiga olmaydi.

11.4. Aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq barcha tortishuvlar va kelishmovchiliklarni tomonlar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi va ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq, hal qilinadi. Tomonlar kelishi olmagan Kelishmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasi sud organlarida ko‘rib chiqiladi.

11.5. Ushbu Oferta shartlarida shartnoma tuzib tomonlar barcha sudga da'volar bilan murojaat etishlar davogar yashash joyi yoki turar joyi bo‘yicha taqdim etilishi haqida kelishib oldilar.

11.6. Abonent ushbu Oferta 3.2. punktida ko‘zda tutilgan tartibda Operator tarqatgan tariflar o‘zgarishi haqidagi axborotni olamagan hollarda hamda Operatorga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra to‘lov xabarnomasini olmasa, Operator ularni olmaganligi uchun javobgar hisoblanmaydi va bu masala bo‘yicha da'volarni qabul qilmaydi.

11.7. Ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq, Operator tomonidan qo‘rsatiladigan aloqa xizmatlari haqidagi qo‘shimcha ma'lumotlarni Operator ofislari, Operatorning tijorat vakillari Vakolatli ofislarida, axboroti-ma’lumotli tizimidan olish mumkin hamda Operator tomonidan ommaviy axborot vositalarida beriladi.

11.8. Shartnomani bir Abonentdan – jismoniy shaxsdan boshqa jismoniy shaxsga rasmiylashtirish faqatgina ikki shaxsning bevosita ishtirokida va pasportlarini taqdim etganlari holatida amalga oshirilishi mumkin.

11.9. Ushbu Shartnomani bajarish bilan bog‘liq yoki undan kelib chiqadigan barcha munosabatlar, xabarnomalarni tomonlar bir birlariga Shartnomada ko‘rsatilgan xat-xabar yetkazib berish manziliga jo‘natishlari kerak.