Bosib chiqarish

Yo‘riqnoma va sozlash

USB-modemlarini sozlash:

Huawei EC900
ZTE 5710

Huawei EC900 USB-modemlarini sozlash

1. Huawei EC900ni kompyuterga USB-port orqali ulang

2. Paydo bo‘lgan USB-diskni ishga soling

3. ZTE USB MODEM o‘rnatish tilini tanlang

4. O‘rnatishni boshlash uchun «ДАЛЕЕ» tugmasini bosing

5. Litsenzion Kelishuv shartlari qabul qilinganidan so‘ng yo‘l ko‘rsatib, «УСТАНОВИТЬ»ni bosing

6. Asboblar va vazifalar panelida Mobile Partnerni oching va «Oпции»ni tanlang

Keyin «Управление профилем»ni (profil yaratiladi) tanlang

7. Ulanish raqami, foydalanuvchi nomi va parolni ko‘rsatish bilan profil nomini to‘ldiring.

Shundan keyin quyidagilar kiritiladi:

· Profil nomi: Har qanday nom (masalan: Uzmobile)

· Ulanish raqami: #777

· Foydalanuvchi nomi: internet@uzcdma.uz

· Parol: password

Shundan keyin «OК»ni bosing.

8. Internetga ulanish «Пoдключить» tugmasini bosish bilan, bu quyida ko‘rsatilganidek amalga oshiriladi:

ZTE 5710 USB-modemini sozlash

1. ZTE 5710ni kompyuterga USB-porti orqali ulang

2. Ulanishdan keyin avtomatik ravishda belgilangan USB-disk paydo bo‘ladi, uni oching.

3. ZTE USB MODEMni o‘rnatishni boshlash uchun «NEXT» tugmasini bosing.

4. Shundan keyin ZTE Wireless terminalni o‘rnatish yo‘lini ko‘rsating va qaytadan «NEXT» tugmasini bosing.

5. «Install» tugmasini bosib, o‘rnatishni tasdiqlang.

6. Dasturni ishga tushiring (ish stolida tegishli tasvir paydo bo‘ladi). Ulanish uchun dialogli oyna ochiladi.

Shundan keyin sozlashni to‘ldirish va Internetga ulanish uchun kerakli rejimni tanlash zarur. Buning uchun telefon raqami, foydalanuvchi nomi va parolni to‘ldirish zarur. Tegishli maydonga quyidagilarni kiriting:

· Telefon: #777

· Foydalanuvchi: internet@uzcdma.uz

· Parol: password

«ПРИМEНИТЬ» tugmasini bosing.

7. Asosiy oynada «Соединить» tugmasini bosing, shundan keyin Internetga ulanish amalga oshiriladi. Shu oynada ulanganlik haqida axborot aks etadi: